Gromus · Oxirgi yangilanish: 2026-yil 25-iyun

Maxfiylik Siyosati

Gromus — Telegramdagi yordamchi-himoyachi bot. U akkauntingizga Telegram Chat Automation orqali ulanadi, sizga kelgan havola va fayllarni tahdidlarga tekshiradi hamda shaxsan ogohlantiradi. Ushbu siyosat Gromus aynan nimani saqlashini va saqlamasligini tushuntiradi.

01

Gromus nima qiladi

Ulangach, Gromus chatlaringizdagi kiruvchi havola va fayllarni firibgarlik, fishing hamda zararli ilovalarga tekshiradi. Biror xavf aniqlansa shaxsan ogohlantiradi.

02

Xabarlaringiz saqlanmaydi

Gromus xabarlaringizni saqlamaydi va ishlatmaydi. U faqat tekshirish kerak bo'lgan havola va fayllarni ajratib oladi.

03

Nima saqlanadi

Har bir ogohlantirish uchun qaror, sabab, tahdid belgisi (domen, normallashtirilgan URL yoki fayl xeshi) va soni hamda vaqtni — shuningdek sozlamalaringiz va yuborgan fikr-mulohazalaringizni saqlaymiz. Xabar matni va kontaktlaringiz saqlanmaydi.

04

Yuboruvchining shaxsiy ma'lumotlari yig'ilmaydi

Gromus xabar yuboruvchisi haqida shaxsiy ma'lumot (ism, foydalanuvchi ID yoki telefon raqami) yig'maydi — faqat tahdidning texnik belgisini saqlaydi.

05

Fayllar tezda o'chiriladi

Fayl faqat tekshirish uchun yuklab olinadi va bir kun ichida o'chiriladi. Uning xeshi va tahlil natijasigina saqlanadi.

06

Tashqi xizmatlar

Havolani tekshirish uchun URL manzili ommaviy qora ro'yxatlar va tahdid ma'lumotlari xizmatlari orqali (masalan, Google Web Risk) solishtirilishi mumkin.

07

Kuchaytirilgan rejim

Kuchaytirilgan rejim ixtiyoriy. Asl holati bo'yicha o'chiq. Yoqilsa, Gromus ehtiyotsizlik bilan bosib yuborilishini oldini olish maqsadida haqiqatan xavfli xabarni kuzatilayotgan chatdan o'chirib yuboradi.

08

Ma'lumotlarga kim kira oladi

Ma'lumotlar faqat Gromusni qo'llab quvvatlovchi administratorlarga ko'rinadi.

09

Saqlash va o'chirish

Saqlangan ma'lumotlaringizni quyidagi aloqa usullari orqali istalgan vaqtda o'chirishni so'rashingiz mumkin.

10

Lokator

Lokator (ovozli xabarlarni yo'naltirish) - ixtiyoriy funksiya, o'z holati bo'yicha o'chiq. Uni yoqsangiz, Gromus sizga kelgan ovozli xabarlarni bot bilan shaxsiy chatingizga yo'naltiradi, bu degani chatni ochmay ovozli xabarni tinglay olasiz. Ovoz faqat sizga yuboriladi va saqlanmaydi. Xabar vaqtinchalik nusxadan foydalanib qayta yuboriladi, nusxa esa taxminan bir-ikki kun ichida o'chirib yuboriladi.

Aloqa

Telegram @n1mba · abrorsteamol@gmail.com